Kuzatuvchi.uz / PIROTEXNIKA BUYUMLARINING QONUNGA XILOF MUOMALASI UCHUN JAVOBGARLIK KUCHAYTIRILDI

PIROTEXNIKA BUYUMLARINING QONUNGA XILOF MUOMALASI UCHUN JAVOBGARLIK KUCHAYTIRILDI

Pirotexnika buyumlarining qonunga xilof muomalasi uchun javobgarlik kuchaytirildi. 

Prezident tomonidan imzolangan Qonun (O'RQ-949-son, 28.08.2024-y.) bilan Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksga o'zgartirishlar kiritildi.

Unga ko'ra, pirotexnika buyumlarini qonunga xilof ravishda ishlab chiqarganlik, tayyorlaganlik, saqlaganlik, tashiganlik, jo'natganlik va O'zbekistondan olib chiqqanlik, shuningdek pirotexnika buyumlarini qonunga xilof ravishda o'tkazganlik yoki O'zbekistonga olib kirganlik uchun mazkur huquqbuzarliklarning ijtimoiy xavflilik xususiyati va darajasidan kelib chiqqan holda javobgarlik choralari kuchaytirilishini nazarda tutuvchi o'zgartirishlar kiritildi.

Qonun rasmiy e'lon qilingan kundan e'tiboran kuchga kiradi.

 

Y.XO‘JAMURATOVA,

Yangiariq  tumani yuridik xizmat ko’rsatish markazi bosh yuriskonsulti.

30-09-2024, 07:21
Saytga qaytish