Iste'mol va texnik etil spirti, alkogol mahsulotlarini ishlab chiqarishda quyidagi qo'shimcha litsenziya talablari joriy etiladi: (https://t.me/huquqiyaxborot/16020)
yillik litsenziya to'lovlarini, shuningdek, soliqlar va boshqa majburiy to'lovlarni o'z vaqtida to'lash bo'yicha qonunchilikda belgilangan talablarga rioya qilish;
alkogol mahsulotlari ishlab chiqarishda va ularning savdosida sifat talablariga, shuningdek, aksiz markalarini qo'llash hamda identifikatsiya vositalari orqali majburiy raqamli markirovkalash tartiblariga rioya etish;
alkogol mahsulotlarini ishlab chiqarish jarayonlarini monitoring va nazorat qilish imkonini beruvchi videokuzatuv vositalarini o'rnatish.
Y.XO‘JAMURATOVA,
Yangiariq tumani yuridik xizmat ko’rsatish markazi bosh yuriskonsulti.