Qarorga (https://t.me/huquqiyaxborot_lotin/8040) ko'ra, Xalqaro qo'shma komissiyadan (Joint Commission International) akkreditatsiyadan o'tgan dastlabki 30 ta xususiy tibbiyot muassasasining akkreditatsiyadan o'tish xarajatlarining 50 foizi qoplab beriladi.
Turizm qo'mitasiga quyidagi qo'shimcha vazifalar yuklatildi:
O'zbekistonning chegara bojxona postlari hududida xorijiy fuqarolar uchun respublikadagi tibbiyot, sog'lomlashtirish muassasalari imkoniyatlari to'g'risida targ'ibot kampaniyalarini tashkil qilish;
davlat tili va xorijiy tillarda tibbiyot hamda sog'lomlashtirish muassasalarining yagona reyestrini shakllantirish va uni doimiy ravishda yangilab borish;
toifali (yulduzli) mehmonxonalar tipidagi sanatoriylarni sertifikatlashtirilishini tashkil qilish;
maxsus tibbiy va sog'lomlashtirish turizmi yo'nalishlari (marshrutlari)ni ishlab chiqish.
2025-yil 1-martgacha quyidagilar ishga tushiriladi:
tibbiyot muassasalari, sanatoriylar va tibbiy turizm yo'nalishida xizmat ko'rsatuvchi turoperatorlarning xizmatlari sifati baholab borilishini nazarda tutuvchi reytingni shakllantirish uchun elektron platforma;
davlat tili va xorijiy tillarda tibbiyot hamda sog'lomlashtirish muassasalarining yagona reyestri.
Y.XO‘JAMURATOVA,
Yangiariq tumani yuridik xizmat ko’rsatish markazi bosh yuriskonsulti.