Kuzatuvchi.uz / “IJTIMOIY HIMOYA YAGONA REYESTRI” AXBOROT TIZIMI ORQALI KAM TA’MINLANGAN OILALARNI ANIQLASH VA ULARGA IJTIMOIY NAFAQALAR TAYINLASH BO‘YICHA ELEKTRON SHAKLDA ARIZA BERISHNI JORIY ETISH CHORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA

“IJTIMOIY HIMOYA YAGONA REYESTRI” AXBOROT TIZIMI ORQALI KAM TA’MINLANGAN OILALARNI ANIQLASH VA ULARGA IJTIMOIY NAFAQALAR TAYINLASH BO‘YICHA ELEKTRON SHAKLDA ARIZA BERISHNI JORIY ETISH CHORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 10.11.2023-yildagi 596-son qaroriga  asosan

    2024-yil 1-apreldan boshlab kam ta’minlangan oilalarga bolalar nafaqasi va moddiy yordam tayinlash uchun onlayn ariza berish bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatish yo‘lga qo‘yildi.

Bunda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi bilan birgalikda 2024-yil 1-aprelga qadar: “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi orqali kam ta’minlangan oilalarni aniqlash va ularga ijtimoiy nafaqalar tayinlash hamda ma’lumotnoma taqdim etish bo‘yicha elektron shaklda davlat xizmatini ko‘rsatishni Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali va davlat xizmatlari markazi orqali ariza berish joriy etildi.YIDXPda davlat xizmatlari ko‘rsatilishining har bir bosqichida murojaatlar ko‘rib chiqilishini kuzatib borish tartibini joriy etadi. 2024-yil 1-apreldan boshlab “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlarining ijtimoiy xodimlariga fuqarolarning bevosita roziligi bilan “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi orqali kam ta’minlangan oilalarni aniqlash va ularga ijtimoiy nafaqalar tayinlash bo‘yicha elektron shaklda ariza berish huquqi berilsin.

O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan birgalikda “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi “Hududiy elektr tarmoqlari” AJning axborot tizimi bilan integratsiya qilinishini ta’minlasin hamda kam ta’minlangan oilalarga bolalar nafaqasi va moddiy yordam tayinlash uchun murojaat qilgan oilalarning elektr energiyasi xarajatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni taqdim etish tartibini joriy etilsin.

Soliq qo‘mitasi ishlovchi onalar yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslarga (budjet tashkilotlarida ishlaydigan onalar yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar bundan mustasno) bola ikki yoshga yetguncha uni parvarishlash uchun beriladigan nafaqalar to‘g‘risidagi ma’lumotlar “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimiga taqdim etilishini ta’minlandi.Kam ta’minlangan oilalarni aniqlash mezonlariga kiritilayotgan o‘zgartirishlar 2023-yil 15-noyabrdan so‘ng taqdim etilgan arizalarga nisbatan joriy etiladi.

Dalolatnoma bolalar nafaqasi va moddiy yordam tayinlangandan so‘ng ikki oy ichida tuzilib, axborot dasturiga kiritilishi lozim. 2024-yil 1-mart holatiga bolalar nafaqasi yoki moddiy yordam oluvchi oilalar bo‘yicha dalolatnoma 2024-yil 1-iyulgacha rasmiylashtirilib, “Yagona reyestr” ATga kiritiladi.

Belgilangan muddat ichida dalolatnoma tuzilmagan, dasturga kiritilmagan taqdirda, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi raisi, hokim yordamchisi, xotin-qizlar faoli, yoshlar yetakchisi va “Inson” ijtimoiy xizmatlari markazlarining ijtimoiy xodimlariga ogohlantirish yuboriladi.

Belgilangan muddatdan keyin ham bir oy davomida dalolatnoma rasmiylashtirilmagan, axborot tizimiga kiritilmagan taqdirda, “Yagona reyestr” ATni yuritishga mas’ul bo‘lgan organ tomonidan ushbu xodimlarning ish beruvchi yuqori tashkilotiga tegishli choralar ko‘rish yuzasidan taqdimnoma kiritiladi.

Y.XO‘JAMURATOVA,

Yangiariq  tumani yuridik xizmat ko’rsatish markazi bosh yuriskonsulti.

30-09-2024, 02:46
Saytga qaytish