Kuzatuvchi.uz / BILASIZMI?

BILASIZMI?

Mualliflik huquqi buzilgan taqdirda u sud orqali himoya qilinadi. Mualliflik huquqi buzilishining keng tarqalgan turlariga plagiat ya’ni ko‘chirmachilik, madaniy o‘g‘rilik, ijod namunalaridan muallif ruxsatisiz tijorat yoki tijorat bo‘lmagan maqsadlarda foydalanish kiradi. 

Bunday hollarda huquqbuzar muallif huquqlarini tiklashi, unga yetkazilgan zararni to‘lashi lozim. Mualliflik huquqini buzishga qaratilgan vositalar, asarning kontrafakt nusxalari yo‘q qilib tashlanishi kerak.

Shuningdek, huquq egasi zararlar yetkazilishi faktidan qatiy nazar huquqbuzardan BHMning 20 baravaridan 1000 baravarigacha (6 mln 600 ming so‘mdan 330 mln so‘mgacha) tovon puli talab qilish huquqiga ega.

 

J.ABDUKARIMOV,

Urganch tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.

31-01-2024, 04:18
Saytga qaytish