Qonunchilikka ko‘ra, “O‘zbekiston Respublikasi faxriy donori” ko‘krak nishoni bilan o‘z qonini kamida 40 marta yoki uning tarkibiy qismlaridan bir qismini kamida 60 marta bepul topshirgan fuqarolar mukofotlanadi.
Mazkur ko‘krak nishoni bilan taqdirlanganlar BHMning 15 baravarigacha (4 mln 950 ming so‘mgacha) miqdorda biryo‘la pul mukofoti oladi.
Shuningdek, ularga quyidagi huquqlar beriladi:
- ular uchun qulay bo‘lgan vaqtda yillik asosiy mehnat ta’tiliga chiqish;
- shahar jamoat transportining barcha turlaridan (yo‘nalishli va yo‘nalishsiz taksilardan tashqari) bepul foydalanish;
- davlat sanatoriy-kurortlarida davolanish uchun yo‘llanmalarni navbatsiz olish.
J.ABDUKARIMOV,
Urganch tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.