Ovlangan oʻljalardan hamda tabiat in’om etgan mahsulotlardan hunarmandchilik mahsulotlari ishlab chiqaruvchi hunarmandlar "Turizm sohasida faoliyat yuritayotgan hunarmandlar reyestri"ga kiritiladi va ularga quyidagi hujjatlar bilan belgilangan imtiyozlar qoʻllaniladi:
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 12.06.2023-yildagi "Aholini hunarmandchilikka jalb qilish va hunarmandchilik faoliyatini rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi PF-91-sonli Farmon;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 28.11.2019-yildagi "Hunarmandchilikni yanada rivojlantirish va hunarmandlarni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida"gi PQ-4539-sonli Qaror;
2024-yil 1-sentyabrdan boshlab yovvoyi hayvonlarni koʻpaytirish joylarini, kichik safari parklar va ov turizmini tashkil qilgan ovchilik хoʻjaliklari ushbu faoliyat yoʻnalishlarini tashkil qilgandan boshlab 3 yil muddat mobaynida yuridik shaхslarning mol-mulkiga solinadigan soliqni va yuridik shaхslardan olinadigan yer soligʻini ushbu soliqlar boʻyicha belgilangan soliq stavkalariga nisbatan 50% kamaytirilgan soliq stavkalari boʻyicha, shuningdek, aylanmadan olinadigan soliqni 1% miqdoridagi soliq stavkasi boʻyicha toʻlaydi.
Tursunboy URAZBAYEV,
Tuproqqal’a tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.