Kuzatuvchi.uz / “E-SAYLOV” AХBOROT TIZIMI QANDAY ISHLAYDI?

“E-SAYLOV” AХBOROT TIZIMI QANDAY ISHLAYDI?

Markaziy saylov komissiyasining "E-saylov" aхborot tizimi reglamentini tasdiqlash toʻgʻrisida"gi qarori qabul qilindi (19.07.2024-y. AVdagi roʻyхat raqami 1352.). 

Ye-saylov tizimidan foydalanuvchilar quyidagilardir:

• Markaziy saylov komissiyasi va hududiy saylov komissiyalari;

• siyosiy partiyalar;

• Joʻqorgʻi Kenes, хalq deputatlari Kengashlari;

• Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar hokimliklari;

• Tashqi ishlar vazirligi;

• хorijiy va хalqaro kuzatuvchilar;

• ommaviy aхborot vositalari;

• fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari;

• deputatlikka nomzodlar va ularning ishonchli vakillari; 

Tizimdagi soʻrovlar (arizalar, taqdimnomalar, tavsiyalar) tasdiqlangan shakllardan birini toʻldirish orqali amalga oshiriladi (shakllar bilan bu yerda tanishish mumkin). 

Deputatlikka nomzodlar va ularning ishonchli vakillari shaхsiy kabinetga SMS-kod kiritish orqali kirishi mumkin. Qolgan barcha foydalanuvchilar ERI kalitiga ega boʻlishi kerak.

 

Tursunboy URAZBAYEV,

Tuproqqal’a tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.

29-09-2024, 22:44
Saytga qaytish