Sanitariya normalarini, qoidalari va gigiena normativlarini buzish:
fuqarolarga BHMning 1 baravaridan 3 baravarigacha (330 ming so‘mdan 990 ming so‘mgacha);
mansabdor shaxslarga esa 5 baravaridan 10 baravarigacha miqdorda (1 mln 650 ming so‘mdan 3 mln 300 ming so‘mgacha) jarima solishga sabab bo‘ladi.
✅ Shuningdek, sanitariyaga oid qonunchilikni buzish, odamlarning ommaviy kasallanishi yoki zaharlanishi real xavfini keltirib chiqarsa yoxud odamlarning ommaviy kasallanishiga yoki zaharlanishiga olib kelsa, quyidagi jazo choralaridan biri qo‘llanilishi mumkin:
➖BHMning 50 baravaridan 100 baravarigacha miqdorda jarima solish;
➖5 yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish;
➖2 yilgacha axloq tuzatish ishlari;
➖1 yildan 3 yilgacha ozodlikni cheklash;
➖5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish.
J.ABDUKARIMOV,
Urganch tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.