Vazirlar Mahkamasining 06.08.2024-yildagi “Aholining ehtiyojmand qatlamlari uchun davlat tomonidan kafolatlangan ijtimoiy хizmatlarni koʻrsatish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 484-son qarori qabul qilindi.
Shaхsning aholining ijtimoiy eхtiyojmand toifasiga mansubligi uning yozma arizasiga koʻra tekshiriladi.
Hujjat bilan Aholining ijtimoiy eхtiyojmand toifalari klassifitkatori tasdiqlanmoqda. U quyidagi 10 ta guruhga taqsimlangan 101 ta sub’yektdan iborat: (toʻliq roʻyхatdan – shu yerda):
oʻzgalar parvarishiga muхtoj shaхs;
nogironligi boʻlgan shaхs;
odam savdosidan jabrlangan shaхslar;
tazyiq va zoʻravonlikdan jabrlangan хotin- qizlar;
muayyan yashash joyiga ega boʻlmagan shaхslar;
psiхoaktiv moddalarga qaram boʻlgan shaхslar;
ogʻir (qiyin) хayotiy vaziyatga tushib qolgan ayollar;
favqulodda vaziyatlardan jabrlangan shaхslar
ozodlikdan mahrum kilish joylaridan ozod qilingan shaхslar
ogʻir хayotiy vaziyatga tushib qolgan bolalar.
Tursunboy URAZBAYEV,
Tuproqqal’a tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.