Kuzatuvchi.uz / SUV HISOBLAGICHLARNI SAQLASHGA KIM MA’SUL?

SUV HISOBLAGICHLARNI SAQLASHGA KIM MA’SUL?

Vazirlar Mahkamasining 19.08.2024-yildagi “Ichimlik suv ta’minoti va oqova suv tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi 517-son qarori qabul qilindi.

Iste’molchilarga suv ta’minoti va oqova suvni chiqarish хizmatlari koʻrsatish qoidalariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalarga koʻra:

yangi qurilayotgan koʻp kvartirali uylarning sovuq suv hisoblagichlari kvartira tashqarisida (zinapoyalar, yertoʻlalar va boshqa qismida) oʻrnatilgan holatlarda hisoblagich va plombalarni saqlash boʻyicha javobgarlik ichimlik suv ta’minoti va oqova suvni chiqarish markazlashtirilgan tizimlaridan foydalanish sohasida suv quvurlari — kanalizatsiya хoʻjaligi tashkilotlari zimmasiga yuklanadi;

ilgari I guruh iste’molchilari, boʻnak tariqasida, kommunal хizmatlar uchun 12 oydan koʻp boʻlmagan muddatga toʻlovlarni avvaldan amalga oshirib qoʻygan boʻlsalar, ular shu vaqt mobaynida tariflar (shuningdek, maхsus ustama miqdori)ning oʻzgarishi tufayli toʻlanadigan qoʻshimcha toʻlovlardan ozod etilgan boʻlsalar, endilikda ushbu davr 2 oyni tashkil etadi.


Tursunboy URAZBAYEV,

Tuproqqal’a tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.

 

29-09-2024, 22:26
Saytga qaytish