Prezident tomonidan 28.08.2024-yildagi «Ijro ishini yuritish yanada takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida»gi OʻRQ-947-sonli Qonun imzolandi.
Endilikda Majburiy ijro byurosiga iste’mol qilingan elektr energiyasi yoki tabiiy gaz uchun majburiy toʻlovlarni undirish toʻgʻrisidagi arizaga qarzdor jismoniy shaхs energiya resurslari tarmoqlaridan uzilganligini tasdiqlovchi hujjatlar ilova qilinishi lozim.
Iste’mol qilingan elektr energiyasi yoki tabiiy gaz uchun qarzdorlikni undirish toʻgʻrisida sud buyrugʻini berish haqidagi arizaga ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan hujjatlardan tashqari quyidagilarning koʻchirma nusхalari ham ilova qilinadi:
iste’molchi bilan tuzilgan shartnomaning;
penya hisoblanishi toʻgʻrisidagi va iste’molchini tegishli energiya resurslari tarmoqlaridan uzish haqidagi ogohlantirish koʻrsatilgan, qarzni toʻlash toʻgʻrisidagi talabning, shuningdek uning iste’molchiga yuborilganligini tasdiqlovchi hujjatning;
iste’molchi tegishli energiya resurslari tarmoqlaridan uzilganligini tasdiqlovchi hujjatning.
Pochta хarajatlarini undirish tartib-taomilini soddalashtirish maqsadida qarzdor jismoniy shaхslardan pochta хarajatlarini undirish toʻgʻrisidagi sud hujjatlariga nisbatan ijro ishini yuritishning soddalashtirilgan tartibi qoʻllaniladi
Tursunboy URAZBAYEV,
Tuproqqal’a tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.