Kuzatuvchi.uz / UYNI BUZISHDAN OLDIN MULKDORGA KOMPENSATSIYA TOʻLANADI

UYNI BUZISHDAN OLDIN MULKDORGA KOMPENSATSIYA TOʻLANADI

Prezident tomonidan 29.08.2024-yildagi “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida»gi OʻRQ-950-son Qonun imzolandi.  

Uy-joy kodeksiga kiritilayotgan oʻzgartirishlarga muvofiq, hech kim sudning qarorisiz va qonunga zid tarzda uy-joyidan mahrum etilishi mumkin emas. Bunda uy-joyidan mahrum etilgan mulkdorga uy-joyning qiymati hamda u koʻrgan zararlarning oʻrni oldindan hamda teng qiymatda qoplanishi ta’minlanadi. 

Tursunboy URAZBAYEV,

Tuproqqal’a tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.

29-09-2024, 21:36
Saytga qaytish