Kuzatuvchi.uz / INTELLEKTUAL MULK HUQUQLARI BUZILISHIGA OID XULOSA QANDAY TARTIBDA BERILADI?

INTELLEKTUAL MULK HUQUQLARI BUZILISHIGA OID XULOSA QANDAY TARTIBDA BERILADI?

Adliya vazirining «Intellektual mulk to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlari talablari buzilishi holatlari yuzasidan xulosa berish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida»gi buyrug‘i qabul qilindi (10.07.2024-yAVda ro‘yxat raqami 3529).

Xulosa davlat organlarining insofsiz raqobatni, intellektual mulk obyektlarining kontrafakt nusxalarini, intellektual mulk obyektlaridan noqonuniy foydalanganlik holatlarini aniqlashga qaratilgan so‘roviga asosan Adliya vazirligi tomonidan beriladi. 

Xulosa berish haqidagi so‘rov 30 kunlik muddatda ko‘rib chiqiladi. 

So‘rovga quyidagilar ilova qilinadi:

jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari (agar mavjud bo‘lsa);

davlat organi tomonidan intellektual mulk obyektlarini himoya qilish choralarini ko‘rishda to‘plangan hujjatlar nusxalari;

o‘rganish obyekt(lar)ining namunasi, nusxasi, chizmasi, audio yozuvi, foto va video tasvirlari;

 mualliflik huquqi va turdosh huquq obyektlarining yaratilish faktini tasdiqlovchi materiallar;  

intellektual mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarni boshqa shaxsga o‘tkazish yoki undan foydalanish faktini tasdiqlovchi shartnoma, sud qarori, meros guvohnomasi va boshqa hujjatlar.


 

Tursunboy URAZBAYEV,

Tuproqqal’a tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.

 

29-09-2024, 21:22
Saytga qaytish