Kuzatuvchi.uz / INTELLEKTUAL MULK: ZARARLARNI QOPLASH OʻRNIGA – KOMPENSATSIYA

INTELLEKTUAL MULK: ZARARLARNI QOPLASH OʻRNIGA – KOMPENSATSIYA

Prezident tomonidan 10.09.2024-yildagi “Intellektual mulk obyektlarini huquqiy himoya qilish tizimi yanada takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida”gi OʻRQ-959-son Qonun imzolandi. 

Qonunchilikka intellektual mulk obyektlaridan qonunga xilof ravishda foydalanganlik uchun huquq egasining talabiga koʻra huquqbuzar tomonidan zararlarning qoplanishi oʻrniga tovon toʻlanishi tartib-taomili joriy etilishini belgilovchi oʻzgartirishlar kiritilmoqda. 

Tegishli oʻzgartirishlar:

Fuqarolik kodeksi;

Ixtirolar, foydali modellar va sanoat namunalari toʻgʻrisida”gi;

Seleksiya yutuqlari toʻgʻrisida”gi;

Tovar belgilari, xizmat koʻrsatish belgilari va tovar kelib chiqqan joy nomlari toʻgʻrisida”gi;

Axborotlashtirish toʻgʻrisida”gi;

Firma nomlari toʻgʻrisida”gi Qonunlarga kiritilmoqda. 

Patent egasi zararlarning qoplanishi oʻrniga BHMning 20 baravaridan 1000 baravarigacha miqdorda tovon toʻlanishini talab qilishi mumkin. Bunda tovon zararlar yetkazilishi faktidan qat’i nazar, toʻlanadi. 

 
Tursunboy URAZBAYEV,

Tuproqqal’a tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.

29-09-2024, 21:20
Saytga qaytish