Kuzatuvchi.uz / AHOLI PUNKTLARINING XAFVSIZLIK PASPORTLARIDA NIMALAR AKS ETTIRILADI

AHOLI PUNKTLARINING XAFVSIZLIK PASPORTLARIDA NIMALAR AKS ETTIRILADI

Favqulodda vaziyatlar vazirining «O‘zbekiston Respublikasi aholi punktlari va obyektlarning namunaviy xavfsizlik pasportlarini tuzish va tasdiqlash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida»gi buyrug‘i qabul qilindi.

(08.07.2024-y. AVda ro‘yxat raqami 3526).

Xavfsizlik pasportini tuzishning asosiy maqsadi aholi punktlari va obyektlar haqidagi ma’lumotlarni to‘plash, ularni monitoring va tahlil qilish orqali yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan tabiiy va texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilishdan iborat. 

Tuman (shahar) xokimliklari favqulodda vaziyatlar bo‘limlari orqali mahallalarga xafvsizlik pasportlarini shakllantirish haqida xabarnoma yuborishadi. 

Xavfsizlik pasportlari 5 ta jadvaldan iborat bo‘lib, quyidagi ma’lumotlarni aks ettiradi:

umumiy maydon, km;

mahalla aholisi soni;

mahalla xonadonlari soni;

ko‘p qavatli/ yakka tartibdagi uylar soni;

aholi zichligi;

havfi yuqori bo‘lgan obyektlar soni;

ijtimoiy va iqtisodiy obyektlar soni.  

Shuningdek, quyidagi aholi gavjum to‘planadigan obyektlar soni ko‘rsatiladi: 

sog‘liqni saqlash muassasalari;

maktabgacha ta’lim muassasalari, maktablar, proffesional ta’lim va oliy ta’lim muassasalari;

savdo komplekslari;

madaniyat va sport muassasalari;

masjidlar. 

Hujjatda o‘tgan  yil davomida sodir bo‘lgan favqulodda vaziyatlar soni hamda favqulodda vaziyat natijasida yetkazilishi mumkin bo‘lgan zararning tahminiy miqdori ko‘rsatiladi.

 

Tursunboy URAZBAYEV,

Tuproqqal’a tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.

 

29-09-2024, 21:15
Saytga qaytish