Kuzatuvchi.uz / SUDLARDA TERGOV SUDYASI LAVOZIMI KIRITILMOQDA

SUDLARDA TERGOV SUDYASI LAVOZIMI KIRITILMOQDA

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 10.06.2024-yildagi “Tezkor-qidiruv hamda tergov faoliyatida shaxsning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini yanada kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-89-son Farmon imzolandi.

2025-yil 1- yanvardan boshlab:

jinoyat ishlari bo‘yicha tuman, shahar sudlarida tergov sudyasi lavozimi kiritilmoqda;

jinoyat ishlari bo‘yicha sudga qadar ish yurituv davrida protsessual qarorlarga sanksiya berish masalasi tergov sudyalari tomonidan ko‘rib chiqiladi;

tergov sudyalariga ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqish vakolati beriladi;

tergov sudyalari tomonidan ko‘rib chiqiladigan ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishlarni yuqori instansiyalarda qayta ko‘rib chiqishning amaldagi tartibi saqlab qolinadi.

 Tergov sudyasiga quyidagi jinoyat materiallarini, shu jumladan sanksiyalar va majburlov choralarini qo‘llash masalasini ko‘rib chiqish vakolati beriladi:

quyidagilar bo‘yicha sanksiyalar:

qamoqqa olish yoki uy qamog‘i tarzidagi ehtiyot chorasini qo‘llash bilan bog‘liq iltimosnoma;

qamoqda saqlash yoki uy qamog‘i muddatini uzaytirish masalalari bilan bog‘liq, iltimosnoma;

pasportning (harakatlanish hujjatining) amal qilishini to‘xtatib turish to‘g‘risidagi iltimosnoma;

murdani eksgumatsiya qilish haqidagi iltimosnoma;

pochta-telegraf jo‘natmalarini xatlash to‘g‘risidagi iltimosnoma;

tintuv o‘tkazish haqidagi iltimosnoma;

telefonlar va boshqa qurilmalar orqali olib boriladigan so‘zlashuvlarni eshitib turish, ular orqali uzatiladigan axborotni olish haqidagi iltimosnoma;

mol-mulkni xatlash to‘g‘risidagi iltimosnoma;

quyidagilar bo‘yicha majburlov choralari:

ayblanuvchini lavozimidan chetlashtirish to‘g‘risidagi iltimosnoma;

shaxsni tibbiy muassasaga joylashtirish haqidagi iltimosnoma;

ayblanuvchining tibbiy muassasada bo‘lishi muddatini uzaytirish to‘g‘risidagi iltimosnomasi;

ushlab turish muddatini 48 soatga qadar uzaytirish to‘g‘risidagi iltimosnoma;

prokurorning guvoh va jabrlanuvchining (fuqaroviy da’vogarning) ko‘rsatuvlarini oldindan mustahkamlash to‘g‘risidagi iltimosnomasi.

 

Tursunboy URAZBAYEV,

Tuproqqal’a tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.

 

29-09-2024, 20:36
Saytga qaytish