Kuzatuvchi.uz / AYRIM UNVONLARNI BERISH MUDDATLARI BIR YILGA UZAYTIRILDI

AYRIM UNVONLARNI BERISH MUDDATLARI BIR YILGA UZAYTIRILDI

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 21.08.2024-yildagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi PQ-296-sonli qaror imzolandi.

Qurolli Kuchlar harbiy xizmatchilari, IIV, bojxona xizmati va Milliy gvardiya xodimlariga unvon berish muddatlari bir yilga oshirildi. Endilikda ushbu tizimlarda maxsus unvonda xizmat o‘tash muddatlari quyidagicha belgilanadi: 

«katta leytenant» — uch yil;

«kapitan» — to‘rt yil;

«mayor» — besh yil;

«podpolkovnik» — olti yil. 


 

Tursunboy URAZBAYEV,

Tuproqqal’a tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.

 

29-09-2024, 20:24
Saytga qaytish