Kuzatuvchi.uz / PIROTEXNIKANING QONUNGA XILOF MUOMALASI UCHUN JAVOBGARLIK KUCHAYTIRILDI

PIROTEXNIKANING QONUNGA XILOF MUOMALASI UCHUN JAVOBGARLIK KUCHAYTIRILDI

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 28.08.2024-yildagi “O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga pirotexnika buyumlarining qonunga xilof muomalasi uchun javobgarlikni kuchaytirishga qaratilgan o‘zgartirishlar kiritish haqida”gi O‘RQ-949-son Qonun imzolandi.

            MJtKga kiritilgan o‘zgartirishlarga ko‘ra, pirotexnika buyumlaridan qonunga xilof ravishda foydalanish huquqbuzarlik ashyolarini musodara qilib, BHMning 5 baravaridan 20 baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

Pirotexnika buyumlarini qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish, tayyorlash, saqlash, tashish, jo‘natish, xuddi shuningdek ularni qonunga xilof ravishda respublikadan olib chiqish huquqbuzarlik ashyolarini musodara qilib, BHMning 15 baravaridan 30 baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

Pirotexnika buyumlarini qonunga xilof ravishda o‘tkazish yoki respublikaga olib kirish, huquqbuzarlik ashyolarini musodara qilib, BHMning 25 baravaridan 50 baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

 

Tursunboy URAZBAYEV,

Tuproqqal’a tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.

29-09-2024, 20:21
Saytga qaytish