Kuzatuvchi.uz / QUROLNI IXTIYORIY TOPSHIRGAN SHAXS MA’MURIY JAVOBGARLIKDAN OZOD QILINADI

QUROLNI IXTIYORIY TOPSHIRGAN SHAXS MA’MURIY JAVOBGARLIKDAN OZOD QILINADI

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 27.08.2024-yildagi «Qurol to‘g‘risidagi qonunchilik takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 2201-moddasiga qo‘shimcha kiritish haqida»gi O‘RQ-946-son Qonuni imzolandi. 

Endilikda qurolning qonunga xilof muomalasi bilan bog‘liq ma’muriy huquqbuzarlik sodir etgan shaxs pnevmatik, signal beruvchi, tig‘li sovuq, uloqtirish qurolini va o‘zini o‘zi himoya qilish qurolini o‘z ixtiyori bilan topshirsa, ma’muriy javobgarlikdan ozod qilinadi.

 

Tursunboy URAZBAYEV,

Tuproqqal’a tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.

29-09-2024, 20:16
Saytga qaytish