Kuzatuvchi.uz / OZODLIKDAN MAHRUM ETISH JOYLARIDA “OMBUDSMAN QUTILARI” O‘RNATILADI

OZODLIKDAN MAHRUM ETISH JOYLARIDA “OMBUDSMAN QUTILARI” O‘RNATILADI

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 28.08.2024-yildagi “O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-ijroiya kodeksiga mahkumlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini ta’minlashga qaratilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ-948-son Qonun imzolandi. 

Jinoyat-ijroiya kodeksida mahkumlarni ombudsmanga murojaatlar qutisi orqali murojaat etish huquqlari belgilanmoqda. 

Jazoni ijro etish muassasalarining har bir turar joy sektorida, sanoat zonalarida, qisqa va uzoq muddatli uchrashuvlarni o‘tkazish uchun mo‘ljallangan binolarda mahkumlar murojaatlarni qoldirishi uchun qulay bo‘lgan joyda Ombudsmanga murojaatlar qutisi, tarbiya koloniyalarida esa qo‘shimcha ravishda Bolalar ombudsmaniga murojaatlar qutisi o‘rnatiladi

Quti faqat Ombudsman, Bolalar ombudsmani yoki ularning kotibiyatlari xodimlari tomonidan ochiladi.


 

Tursunboy URAZBAYEV,

Tuproqqal’a tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.

 

29-09-2024, 20:14
Saytga qaytish