Kuzatuvchi.uz / INTIZOMIY JAZO QANCHA VAQT DAVOMIDA AMAL QILADI?

INTIZOMIY JAZO QANCHA VAQT DAVOMIDA AMAL QILADI?

Intizomiy jazoning amal qilish muddati u qoʻllanilgan kundan e’tiboran bir yildan oshmasligi kerak. Agar intizomiy jazo qoʻllanilgan kundan e’tiboran bir yil ichida хodimga yangi intizomiy jazo qoʻllanilmasa, u intizomiy jazoga tortilmagan deb hisoblanadi. Soʻndirish yil tugashi bilan avtomatik tarzda amalga oshiriladi, buning uchun alohida buyruq shart emas.

Shuningdek, ish beruvchi quyidagi tartibda intizomiy jazoni muddatidan oldin olib tashlashi mumkin:

oʻz tashabbusiga koʻra;

хodimning iltimosiga koʻra;

хodimning bevosita rahbarining, kasaba uyushmasi qoʻmitasining iltimosnomasiga koʻra .

Bunday holda buyruq zarur.

Xodim intizomiy jazo vaqtida mukofotdan  mahrum qilingan taqdirda mukofotni toʻlash uning amal qilish muddati tugaganidan keyin yoki jazoni muddatidan oldin olib tashlash toʻgʻrisida buyruq chiqarilgan paytdan boshlab tiklanadi.

 

 

Tursunboy URAZBAYEV,

Tuproqqal’a tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.

29-09-2024, 17:16
Saytga qaytish