Kuzatuvchi.uz / ISH VAQTIDAN TASHQARI ISHLAR MUDDATINING BELGILANGAN CHEKLANGAN ME’YORLARI

ISH VAQTIDAN TASHQARI ISHLAR MUDDATINING BELGILANGAN CHEKLANGAN ME’YORLARI

Umumiy qoidaga koʻra, ish vaqtidan tashqari ishning muddati har bir хodim uchun surunkasiga 2 kun davomida 4 soatdan ortiq boʻlmasligi lozim .

Misol

Ishdan tashqari ishning davomiylik normasi  

“A” хodim kunlarning birida ishdan tashqari 4 soat ishladi. Keyingi kuni uni hatto uning roziligi bilan ham ishga jalb qilish mumkin emas.

“V” хodim birinchi kuni ishdan tashqari 3 soat ishladi. Keyingi kuni uni ishdan tashqari ishga  kamida bir soatga (3+1) jalb qilish mumkin.

Zararli va qiyin ish sharoitlarida ishlash bu qoidadan mustasno. Bunday ishlarni bajarishda ishdan tashqari ish ketma-ket 2 kun davomida 2 soatdan oshmasligi kerak . Shunday qilib, birinchi kunda хodim ishdan tashqari 2 soat  ishlagan boʻlsa, keyingi kuni endi uni ishdan tashqari ishga jalb qilish mumkin emas.

Ish beruvchi har bir хodim haqiqatda ishlagan ish vaqtining, shu jumladan ishdan tashqari ishlarning ham aniq hisobini oʻz vaqtini amalga oshirishga majbur .

 

Tursunboy URAZBAYEV,

Tuproqqal’a tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.

 

 

29-09-2024, 15:44
Saytga qaytish