Kuzatuvchi.uz / YAMMT YORDAMIDA XODIMNI ISHDAN BO‘SHATISH HAQIDA QANDAY XABARDOR QILISH KERAK

YAMMT YORDAMIDA XODIMNI ISHDAN BO‘SHATISH HAQIDA QANDAY XABARDOR QILISH KERAK

Ish beruvchi xodimni shtat qisqarishiga sababchi bo‘lgan texnologiyadagi, ishlab chiqarish va mehnatni tashkil etishdagi o‘zgarish tufayli ishdan bo‘shatayotganda uni bu  haqda kamida ikki oy oldin ogohlantirishi shart.

my.mehnat.uz saytining yangi funksionali quyidagilarga imkon beradi:

qisqartirishga tushgan xodimlarning kelgusi  ishga joylashishiga yordam berish maqsadida ularning elektron ma’lumotlar bazasini yuritish;

bildirishnoma xatlari shablonlarini shakllantirish, ularni chop etish;

ishdan bo‘shatish haqida ogohlantirilgan xodimlarning hisobini yuritish.

Mazkur asos bo‘yicha mehnat shartnomasini bekor qilish to‘g‘risida ogohlantirishni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun:

1) ish beruvchining my.mehnat.uz saytidagi shaxsiy kabinetiga kiring;

2) chap tarafdagi menyuda xodim ishlaydigan bo‘linmani tanlang;

3) uning F.I.Sh ro‘parasida «Harakat» ustunida «!» tugmasiga bosing;

4) Shaklni to‘ldiring:

xodimning familiyasi, ismi va otasining ismi avtomatik ravishda aks etttiriladi;

lavozimi (xodimning hozirgi lavozimi);

buyruq raqami (ish beruvchining tashabbusiga ko‘ra mehnat shartnomasini bo‘lg‘usi bekor qilish to‘g‘risida);

buyruq sanasi;

modda (mehnat shartnomasi bekor qilinayotgan MK moddasini ko‘rsating);

qism (ushbu moddaning kerakli qismini ko‘rsating);

band (ko‘rsatilgan qismning bandi);

xodimning malakasi (agar u xodimda mavjud bo‘lsa);

ish haqi (oyiga so‘m, xodimning maoshi);

ish qidirish uchun taqdim etilgan kun (hafta kunini tanlang);

telefon raqami (xabarnoma yuborish uchun xodimning aloqa telefon raqami);

elektron pochta manzili (bildirishnomani yuborish uchun xodimning elektron pochta manzili, ixtiyoriy);

xabarnoma sanasi (ish beruvchi tomonidan xabarnoma berilgan sana);

5) «Saqlash va yuborish» tugmasini bosing.

Ogohlantirish olgan xodim «Ogohlantirilgan» maqomini oladi;

6) xodimga topshirish uchun ogohlantirish xatini chop eting:

Ammo, agar tashkilot bungacha hammaga xat bergan bo‘lsa yoki boshqa shakl va mazmundagi xat yozmoqchi bo‘lsa, unda bu xodim haqidagi ma’lumotlarni hisobga olish uchun shunchaki tizimga kiritiladi, xatning o‘zini esa chop etmasa ham bo‘ladi. 

Agar ogohlantirish xati haqidagi ma’lumot xato bilan shakllantirilgan bo‘lsa

Bunday holda yozuvni bekor qilish va yangi ma’lumotlarni kiritish mumkin:

1) ish beruvchining my.mehnat.uz saytidagi shaxsiy kabinetiga kiring;

2) chap menyuda xodim ishlaydigan bo‘linmani tanlang;

3) xodimni familiyasi bo‘yicha toping va uning ro‘parasidagi «Harakat» ustunida «!» tugmasini bosing;

4) Qalqib chiquvchi oynada paydo bo‘lgan «Berilgan ogohlantirish xatini bekor qilmoqchimisiz?» savoliga tasdiqlovchi javob bering;

5) ma’lumotni yangidan xatosiz shakllantirish uchun yuqorida keltirilgan yo‘riqnomadan foydalaning.

 

Tursunboy URAZBAYEV,

Tuproqqal’a tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.

 

 

29-09-2024, 15:11
Saytga qaytish