Kuzatuvchi.uz / XODIMNING MODDIY JAVOBGARLIGI

XODIMNING MODDIY JAVOBGARLIGI

Xodimning to‘liq moddiy javobgarligi uning ish beruvchiga yetkazilgan haqiqiy zararning o‘rnini to‘liq miqdorda qoplash majburiyatidan iboratdir.

Yetkazilgan zarar uchun to‘liq miqdordagi moddiy javobgarlik Mehnat kodeksda yoki boshqa qonunlarda nazarda tutilgan hollardagina xodimning zimmasiga yuklatilishi mumkin.

Mehnat kodeksiga asosan, o‘n sakkiz yoshgacha bo‘lgan xodimlar faqat qasddan yetkazilgan zarar uchun, alkogolli ichimlikdan, giyohvandlik yoki toksik modda ta’siridan mastlik holatida yetkazilgan zarar uchun, shuningdek jinoyat yoki ma’muriy huquqbuzarlik sodir etish natijasida yetkazilgan zarar uchun to‘liq moddiy javobgar bo‘lishi belgilangan.

 

 

M.SODIQOVA,

Tuproqqal’a tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.

29-09-2024, 13:16
Saytga qaytish