Kuzatuvchi.uz / MEHNAT SOHASIDAGI IJTIMOIY SHERIKLIKNI AMALGA OSHIRISH SHAKLLARI

MEHNAT SOHASIDAGI IJTIMOIY SHERIKLIKNI AMALGA OSHIRISH SHAKLLARI

Mehnat qonunchiligida mehnat sohasidagi ijtimoiy sheriklikni amalga oshirish shakllari quyidagilardan iborat:  jamoa kelishuvlari, jamoa shartnomalari loyihalarini tayyorlash bo‘yicha jamoaviy muzokaralar, jamoa kelishuvlari va jamoa shartnomasini tuzish, ish beruvchi tomonidan kasaba uyushmasi qo‘mitasi bilan kelishgan holda ichki hujjatlarni qabul qilish, ijtimoiy sheriklik taraflari tomonidan jamoa kelishuvlari, jamoa shartnomasi va ijtimoiy sheriklikning boshqa hujjatlari qoidalarining ijro etilishi ustidan nazoratni amalga oshirish, xodimlarning o‘z vakillari orqali ijtimoiy sheriklik darajasiga muvofiq tashkilotlarni, hududni, tarmoqni, respublikani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalarini ko‘rib chiqishda ishtirok etishi, mehnat to‘g‘risidagi qonunchilikda va ijtimoiy sheriklik hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda mehnat to‘g‘risidagi qonunchilikning ayrim qoidalarini ish beruvchi tomonidan kasaba uyushmasi qo‘mitasining dastlabki roziligi bilan qo‘llashi, mehnat nizolarini hal etishda xodimlar va ish beruvchilar vakillarining ishtirok etishi.

Ijtimoiy sheriklik qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa shakllarda ham amalga oshirilishi mumkin.

 

 

M.SODIQOVA,

Tuproqqal’a tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.

 

29-09-2024, 13:15
Saytga qaytish