Kuzatuvchi.uz / ISH BERUVCHINING HUQUQLARI

ISH BERUVCHINING HUQUQLARI

Mehnat qonunchiligi bo‘yicha, ish beruvchi quyidagi huquqlarga ega: xodimlar bilan mehnat shartnomalarini tuzish, o‘zgartirish hamda bekor qilish, jamoa muzokaralari tashabbusi bilan chiqish va jamoa shartnomalarini tuzish, xodimlarni halol samarali mehnati uchun rag‘batlantirish, xodimlardan o‘z mehnat majburiyatlarini bajarishini va ish beruvchining mol-mulkiga   ehtiyotkorona munosabatda bo‘lishini, ichki mehnat tartibiga rioya etishini talab qilish, xodimlarni shuningdek, Mehnat  kodeksida belgilangan tartibda intizomiy javobgarlikka tortish, xodimlarni ular tomonidan ham ish beruvchiga bevosita yetkazilgan, ham boshqa shaxslarga yetkazilgan zararning o‘rnini qoplash natijasida ish beruvchida yuzaga kelgan to‘g‘ridan-to‘g‘ri haqiqiy zarar uchun moddiy javobgarlikka tortish, ichki hujjatlarni qabul qilish o‘z manfaatlarini ifodalash va himoya qilish maqsadida ish beruvchilar birlashmalarini tashkil etish hamda ularga a’zo bo‘lish.

Ish beruvchi mehnat to‘g‘risidagi qonunchilikka, mehnat to‘g‘risidagi boshqa huquqiy hujjatlarga va mehnat shartnomasiga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.

 

M.SODIQOVA,

Tuproqqal’a tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.

29-09-2024, 13:14
Saytga qaytish