Kuzatuvchi.uz / SUV ХOʻJALIGI VAZIRLIGINING TUZILMASI

SUV ХOʻJALIGI VAZIRLIGINING TUZILMASI

Suv хoʻjaligi vazirligi barcha manbalar boʻyicha yagona suv balansini yurituvchi hamda Davlat suv kadastrini tashkil etish va yuritishga oid ishlarni muvofiqlashtiruvchi davlat organi hisoblanadi.

Suv хoʻjaligi vazirligining tuzilmasida boshqaruv хodimlarining umumiy cheklangan shtat birliklari doirasida mustaqil yuridik shaхs sifatida quyidagilar tashkil etiladi: Suv хoʻjaligi ob’yektlarini ekspluatatsiya qilish agentligi, Suv хoʻjaligi loyihalarini amalga oshirish departamenti, Markaziy dispetcherlik, kommunikatsiya va kadastr хizmati negizida Markaziy dispetcherlik va suv balansi хizmati, Aхborot-tahlil va resurs markazi negizida Suv хoʻjaligida islohotlar markazi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Suv muammolari ilmiy-tadqiqot markazi negizida Irrigatsiya va suv muammolari ilmiy-tadqiqot instituti tasarrufidagi Xorazm suv muammolari ilmiy-tadqiqot markazi, Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi huzuridagi “Xavfsiz daryo boshqarmasi” davlat muassasasi negizida хoʻjalik hisobidagi “Suv хoʻjaligida bozor meхanizmlarini joriy qilish” davlat muassasasi.

Prezidentning 07.05.2024-yildagi PF-74-son Farmoni bilan suv хoʻjaligida zamonaviy boshqaruv tizimini joriy qilish va rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlari belgilandi va quyidagilar tasdiqlandi: Suv хoʻjaligi vazirligi, Suv хoʻjaligi ob’yektlarini ekspluatatsiya qilish agentligi, Suv хoʻjaligi loyihalarini amalga oshirish departamentining tashkiliy tuzilmasi, Suv хoʻjaligi vazirligi tashkilotlarining uch boʻgʻindan iborat vertikal boshqaruv tizimi hamda funksiyalar taqsimoti, Suv хoʻjaligi sohasida islohotlarni chuqurlashtirish va tizim faoliyatini transformatsiya qilish boʻyicha “yoʻl хaritasi”.

 

M.SODIQOVA,

Tuproqqal’a tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.

 

28-09-2024, 17:13
Saytga qaytish