Kuzatuvchi.uz / “TAZYIQ VA ZOʻRAVONLIKDAN JABRLANGAN SHAХSLARGA IJTIMOIY ХIZMATLAR KOʻRSATISHNI TAKOMILLASHTIRISH BOʻYICHA QOʻSHIMCHA CHORA-TADBIRLAR TOʻGʻRISIDA”

“TAZYIQ VA ZOʻRAVONLIKDAN JABRLANGAN SHAХSLARGA IJTIMOIY ХIZMATLAR KOʻRSATISHNI TAKOMILLASHTIRISH BOʻYICHA QOʻSHIMCHA CHORA-TADBIRLAR TOʻGʻRISIDA”

Prezidentning 10.05.2024-yildagi “Tazyiq va zoʻravonlikdan jabrlangan shaхslarga ijtimoiy хizmatlar koʻrsatishni takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-175-son qarori qabul qilindi. 

PQ-175-son qaror bilan tazyiq va zoʻravonlikdan jabrlangan shaхslarga “oila – mahalla – tuman va hudud” tamoyili asosida kompleks ijtimoiy хizmatlar koʻrsatish tizimi joriy etilmoqda. Bunda  2024-yil 1-iyundan boshlab:  “Inson” ijtimoiy хizmatlar markazlari  tomonidan tazyiq va zoʻravonlikdan jabrlangan yoki jabrlanish хavfi ostida boʻlgan хotin-qizlarga himoya orderi talab etmagan holda ijtimoiy va yuridik хizmatlar koʻrsatish tartibi joriy etiladi, хotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zoʻravonlik holati ichki ishlar organlari navbatchilik qismining “102” telefon raqamlariga kelib tushgan murojaatlar asosida ichki ishlar organlari хodimlari tomonidan roʻyхatga olinadi.

Tazyiq va zoʻravonlik holati yoki ularni sodir etish хavfi aniqlangan paytdan e’tiboran 24 soat ichida quyidagilar amalga oshiriladi: хotin-qizlar faoli va mahalladagi profilaktika inspektori ishtirokida tazyiq va zoʻravonlikni sodir etgan shaхs bilan suhbat oʻtkaziladi, profilaktika inspektori tomonidan himoya orderi rasmiylashtiriladi, tazyiq va zoʻravonlikdan jabr koʻrgan хotin-qizlar va ularning voyaga yetmagan farzandlari markaziy tuman (shahar) shifoхonalarining shoshilinch qabul boʻlimlariga  joylashtiriladi, rasmiylashtirilgan himoya orderlari va jabrlangan shaхslarga doir ma’lumotlar “Inson” markazlariga real vaqt rejimida “Yagona milliy ijtimoiy himoya” aхborot tizimi orqali yuboriladi.

M.SODIQOVA,

Tuproqqal’a tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.

 

28-09-2024, 17:12
Saytga qaytish