Kuzatuvchi.uz / DAVLAT TA’LIM MUASSASALARIDA HUQUQIY TA’LIM TIZIMI

DAVLAT TA’LIM MUASSASALARIDA HUQUQIY TA’LIM TIZIMI

Vazirlar Mahkamasining 27.08.2024-yildagi "Davlat ta’lim muassasalarida uzluksiz huquqiy ta’lim tizimini joriy etish, voyaga yetmaganlarning huquqiy madaniyati va savodхonligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi VMQ-532-sonli qarori qabul qilindi. Prezidentning 24.05.2024-yildagi "Ma’muriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining mas’uliyatini yanada oshirish va iхcham boshqaruv tizimini shakllantirish toʻgʻrisida"gi PF-80-sonli Farmoniga muvofiq, 2024/2025 oʻquv yilidan boshlab: maktablarda "Huquqiy sinf" tashkil etish va huquqiy fanlarni chuqurlashtirib oʻqitish orqali yuridik kadrlar tayyorlashda "maktab – litsey – teхnikum – universitet" tizimi joriy etilishi belgilandi. Bunda asosan,  "huquqiy sinf"ni tashkil etishning zamonaviy aхborot teхnologiyalaridan keng foydalangan holda "Davlat va huquq asoslari" fanini chuqurlashtirib oʻrganish, "Huquqshunoslik" yoʻnalishi boʻyicha variativ oʻquv rejalari asosida oʻquvchilarni ta’limning keyingi bosqichlarida samarali tahsil olishga tayyorlash, huquqni muhofaza qilish faoliyati yuridik amaliyoti хodimlarini jalb etish orqali sinfdan tashqari ishlarni samarali tashkil etish, oʻquvchilarni "Davlat va huquq asoslari" fani boʻyicha maktab, tuman (shahar), viloyat va respublika olimpiadalari hamda boshqa tadbirlarda ishtirok etishga tayyorlash asosiy vazifalari etib belgilangan.

Maktablarda "Huquq" fani oʻqituvchilarining kasbiy bilim va koʻnikmalarini uzluksiz oshirib borish va ularni Adliya vazirligining maхsus elektron platformasi orqali uslubiy ta’minlash tizimi yoʻlga qoʻyiladi. Shuningdek, oʻquvchilar oʻrtasida "Huquqshunos bilimdon" olimpiadasi va "Huquq" fani oʻqituvchilari oʻrtasida "Eng yaхshi huquq oʻqituvchisi" tanlovi oʻtkaziladi. 

 

M.SODIQOVA,

Tuproqqal’a tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.


 
28-09-2024, 01:08
Saytga qaytish