Kuzatuvchi.uz / PEDAGOGLARNI RAG‘BATLANTIRISH

PEDAGOGLARNI RAG‘BATLANTIRISH

Kasbiy faoliyatda yuqori natijalarga erishganligi uchun pedagoglar “Davlat mukofotlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq davlat mukofotlariga, xususan, “O‘zbekiston Respublikasi xalq o‘qituvchisi”, “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi” va “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan xalq ta’limi xodimi” faxriy unvonlari hamda boshqa davlat mukofotlari bilan taqdirlanishi mumkin.

Pedagoglik maqomi to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasining O‘RQ-901-sonli qonuniga asosan, Xalqaro va respublika olimpiadalari g‘oliblarini tayyorlagan pedagoglarga qonunchilik hujjatlarida belgilangan miqdorlarda mukofot pullari to‘lanishi belgilab qo‘yilgan.

Davlat ta’lim tashkilotlarining pedagoglariga budjet mablag‘lari va budjetdan tashqari mablag‘lar hisobidan amaldagi qonunchilikka muvofiq moddiy rag‘batlantirishning boshqa turlari belgilanishi mumkin.

Nodavlat ta’lim tashkilotlarida pedagogning lavozim maoshiga har oyda hisoblanadigan, rag‘batlantirish xususiyatiga ega bo‘lgan qo‘shimcha haq va ustamalar ushbu tashkilotlarning muassislari yoki vakolatli shaxslari tomonidan belgilanadi.

 

M.SODIQOVA,

Tuproqqal’a tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.

 

 

 

28-09-2024, 01:03
Saytga qaytish