Kuzatuvchi.uz / FАOLIYATNING АYRIM TURLАRINI LITSENZIYALАSH TАLАBLАRI BEKOR QILINMOQDА

FАOLIYATNING АYRIM TURLАRINI LITSENZIYALАSH TАLАBLАRI BEKOR QILINMOQDА

Prezident 09.01.2024-yilda PF-8-son “Tadbirkorlik sohasidagi majburiy talablarni qisqartirish hamda litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini soddalashtirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi farmonni imzoladi.

2024-yil 1-martdan boshlab:

•          faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash va ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlar bekor qilinadi;

•          litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari sohasidagi huquqbuzarliklarni sodir etganlik uchun yuridik shaxslarga qoʼllanilgan jarima summasi miqdorining 50 foizi oʼn besh kun ichida, oʼttiz kun ichida toʼlanganda, 30 foiz miqdorida chegirma beriladi;

•          litsenziya yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berish jarayonida video aloqa vositalari yordamida talabgorlarning litsenziya va ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlar talab va shartlariga muvofiqligini masofadan turib baholash tartibi joriy etiladi;

•          tadbirkorlik subyektini davlat roʼyxatidan oʼtkazish yoki qayta roʼyxatdan oʼtkazishda uning pochta manzili sifatida muassisning turar joyini koʼrsatishga ruxsat beriladi.

Quyidagi tartib va talablar bekor qilinadi:

•          turoperatorlar uchun favqulodda holatlar yuzaga kelganda xavfni majburiy sugʼurta qilish tartibini joriy qilish orqali “chiqish turizmi” yoʼnalishi boʼyicha turizm faoliyatini amalga oshirish uchun 15 ming аqsh dollari ekvivalenti miqdoridagi mablagʼlarni xavfsiz turizm jamgʼarmasiga zaxira qilib qoʼyish;

•          turistik xizmatlarni sertifikatlashtirishda joylashtirish vositalari, togʼ changʼisi trassalari va plyaj xizmatlarini sertifikatlashtirish uchun arizaga koʼchmas mulkka doir huquqni belgilaydigan hujjatlarni ilova qilish;

•          kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash faoliyati faqat sayyor shaklda amalga oshirilganda mulkiy yoki boshqa ashyoviy huquqlar asosida binolarning mavjud boʼlishi.

2024-yil 1-martdan boshlab 2025-yil 1 yanvarga qadar huquqiy eksperiment tariqasida rentgen uskunasidan foydalanish va veterinariya laboratoriya-diagnostika ishlarini amalga oshirish faoliyatlarini boshlash uchun uch oygacha oʼtish va moslashish davrini belgilaydigan “biznesga litsenziyasiz kirish” maxsus rejimi joriy etilmoqda.

Maxsus rejim doirasida uch oygacha belgilangan faoliyatni litsenziya va ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olmasdan vakolatli organni “litsenziya” axborot tizimi orqali bepul xabardor qilgan holda amalga oshirishga ruxsat etiladi.

 

Muhayyo MATKARIMOVA,

Urganch tumani yuridik xizmat ko’rsatish markazi bosh yuriskonsulti.

 

 

31-01-2024, 02:21
Saytga qaytish