Kuzatuvchi.uz / MA’MURIY ISH YURITISHDA VAKILLIK

MA’MURIY ISH YURITISHDA VAKILLIK

O‘zbekiston Respublikasining 08.01.2018-yildagi O‘RQ-457-son Ma’muriy tartib-taomillar to‘g‘risidagi Qonuniga ko‘ra, Yuridik shaxslar ma’muriy ish yuritishda qonunchilikda, ta’sis hujjatlarida yoki qonunga muvofiq berilgan va rasmiylashtirilgan ishonchnomada belgilangan vakolatlari doirasida harakat qiluvchi o‘z vakillari orqali ishtirok etishi hamda, jismoniy shaxslar ma’muriy ish yuritishda bevosita yoki o‘z vakillari orqali ishtirok etishi mumkinligi, shuningdek,  vakilning ishtirok etishi jismoniy shaxsni ma’muriy ish yuritishda shaxsan ishtirok etish huquqidan mahrum qilmasligi belgilab qo‘yilgan. 

Manfaatdor shaxsning vakili ma’muriy ish yuritishga taalluqli barcha harakatlarni o‘zi vakillik qilayotgan shaxs nomidan bajarishga vakolatlidir, shuningdek, agar qonunda yoki uning vakolatini tasdiqlovchi hujjatda boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, ma’muriy ish yuritishning o‘zi vakillik qilayotgan ishtirokchisi ega bo‘lgan barcha huquqlardan foydalanadi.

 

M.SODIQOVA,

Tuproqqal’a tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.

28-09-2024, 00:46
Saytga qaytish