Kuzatuvchi.uz / MEHNATGA LAYOQATSIZLIKNI EKSPERTIZALASH

MEHNATGA LAYOQATSIZLIKNI EKSPERTIZALASH

Mehnatga vaqtincha layoqatsizlikni ekspertizalash davlat sog‘liqni saqlash tizimining davolovchi shifokorlari tomonidan o‘tkaziladi va ular fuqarolarga mehnatga layoqatsizlik varaqasini beradi. Xususiy va boshqa xil sog‘liqni saqlash tizimlarida davolangan fuqarolarga mehnatga layoqatsizlik varaqalari O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi belgilab qo‘yadigan tartibda beriladi.

O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolar sog‘liqini saqlash to‘g‘risidagi qonuniga asosan, mehnatga vaqtincha layoqatsizlik ekspertizalanganida xodimni sog‘lig‘ining holatiga qarab vaqtincha yoki doimiy ravishda boshqa ishga o‘tkazish zarurati va muddati aniqlanadi, shuningdek fuqaroni belgilangan tartibda, shu jumladan unda nogironlik belgilari mavjud bo‘lgan taqdirda tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyasiga yo‘llash to‘g‘risida qaror qabul qilinishi belgilangan.

Shuningdek, tekshiruvdan o‘tkazilayotgan shaxsning klinik-funksional, ijtimoiy, kasbiy-mehnat va psixologik ma’lumotlarini kompleks baholash asosida uning sog‘lig‘i yo‘qolganligi darajasini hamda organizmining funksiyalari turg‘un buzilganligi sababli hayot faoliyati cheklanganligi darajasini, nogironlik guruhini, nogironlikning boshlanishi sababi hamda vaqtini aniqlash, shuningdek shaxs uchun sog‘lig‘ining holatiga ko‘ra mumkin bo‘lgan mehnat faoliyati turlari va zarur mehnat sharoitlari, o‘zgalarning parvarishiga, sanatoriy-kurortda davolanishning tegishli turlariga hamda ijtimoiy himoyaga bo‘lgan ehtiyoji to‘g‘risida tavsiyalar berish tibbiy-ijtimoiy ekspertizadir.

Tibbiy-ijtimoiy ekspertizani o‘tkazgan muassasaning xulosasi ustidan fuqaroning o‘zi yoki uning qonuniy vakili sudga shikoyat qilishi mumkin.

 

M.SODIQOVA,

Tuproqqal’a tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.

 

28-09-2024, 00:41
Saytga qaytish