Kuzatuvchi.uz / DAVLAT SOG‘LIQNI SAQLASH TIZIMINI MABLAG‘ BILAN TA’MINLASH

DAVLAT SOG‘LIQNI SAQLASH TIZIMINI MABLAG‘ BILAN TA’MINLASH

O‘zbekiston Respublikasida sog‘liqni saqlashning davlat, xususiy va boshqa tizimlari yig‘indisidan iborat yagona sog‘liqni saqlash tizimi amal qiladi.

O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolar sog‘liqini saqlash to‘g‘risidagi qonuniga binoan, davlat sog‘liqni saqlash tizimini mablag‘ bilan ta’minlash manbalari  davlat budjeti mablag‘lari, tibbiy sug‘urta mablag‘lari, fuqarolarning sog‘lig‘ini saqlashga mo‘ljallangan maqsadli fondlarning mablag‘lari, davolash-profilaktika muassasalarining davlat tomonidan kafolatlangan hajmidan ortiqcha tibbiy yordam ko‘rsatganlik uchun va pullik xizmatlar ko‘rsatganlik uchun olingan mablag‘lari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, jamoat birlashmalari hamda jismoniy shaxslarning sog‘liqni saqlash muassasalariga ixtiyoriy va xayriya badallari, banklarning kreditlari, qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalardan iborat, deb belgilangan.

 

M.SODIQOVA,

Tuproqqal’a tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.

 

28-09-2024, 00:39
Saytga qaytish