Kuzatuvchi.uz / O‘QUV KURSLARIDAN CHETLATISH

O‘QUV KURSLARIDAN CHETLATISH

Tinglovchi quyidagi hollarda tinglovchilar safidan chetlashtirilishi mumkin: o‘z xohishiga binoan, o‘quv intizomini va hududiy markazning ichki tartib-qoidalarini buzganligi uchun, o‘quv mashg‘ulotlarini uzrli sabablarsiz 18 akademik soatdan ortiq qoldirganligi sababli, ta’lim dasturlarini o‘zlashtirmaganligi uchun, salomatligi tufayli,  sud tomonidan ozodlikdan mahrum etilganligi munosabati bilan, vafot etganligi sababli.

Malaka oshirish kursidan chetlatilgan yoki yakuniy nazoratdan o‘ta olmagan buyurtma asosida kelgan tinglovchi keyingi o‘quv yilida ish haqi saqlanmagan holda malaka oshirishga yuboriladi.

Malaka oshirish kurslariga qayta yuborilgan pedagog xodim o‘qish yakunlari bo‘yicha yakuniy nazoratdan takroran o‘tmagan yoki asosiy ish joyi bo‘yicha belgilangan muddatda malaka oshirish kurslaridan o‘tmagan taqdirda, u bilan tuzilgan mehnat shartnomasining amal qilish muddatidan qat’i nazar, mehnat shartnomasi belgilangan tartibda 2 oy mobaynida bekor qilinadi.

Ular kelgusida o‘z pedagogik faoliyatini davom ettirishi uchun hududiy markaz bilan bevosita tuzilgan shartnoma asosida o‘z malakalarini oshirgan bo‘lishlari talab qilinadi.

Qayta tayyorlash kursi ta’lim dasturlarini o‘zlashtirish yuzasidan yakuniy nazoratdan qoniqarsiz baho olgan tinglovchilarga kamida 1 oydan so‘ng yakuniy kursni tugatish ishini qayta himoya qilish imkoniyati beriladi.

 

 

M.SODIQOVA,

Tuproqqal’a tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.

 

 

 

 

 

 

 

26-09-2024, 02:09
Saytga qaytish