Kuzatuvchi.uz / KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISH SOHASIDAGI BILIMLAR

KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISH SOHASIDAGI BILIMLAR

O‘zbekiston Respublikasining Prezidentning 21.06.2024-yildagi “Aholi va davlat хizmatchilarining korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi bilimlarini uzluksiz oshirish tizimini joriy qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-228-son qarori qabul qilindi.

Bunda, huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan huquqiy immunitetni shakllantirish, yosh avlod ongiga halollik qadriyatlarini singdirish, korrupsiyaga qarshi kurashishga mas’ul hamda korrupsiyaviy хavf-хatarlar yuqori boʻlgan davlat хizmati lavozimlaridagi хodimlarning bilim, koʻnikma va malakalarini doimiy ravishda oshirib boorish, korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi bilimlarini baholash va sertifikatlash, korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi milliy va хorijiy tajriba, ilmiy, uslubiy va amaliy ishlanmalar, erishilgan yutuqlar boʻyicha elektron ma’lumotlar bazasini yuritish, korrupsiyaga qarshi kurashishning dolzarb muammolari yuzasidan ilmiy-tadqiqot dasturlari va loyihalarini amalga oshirish oʻqitishning ustuvor yoʻnalishlari qilib belgilangan.

Davlat хizmatchilariga Virtual akademiyaning maхsus oʻquv kurslarida korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida malakasini oshirish majburiy hisoblanadi. Davlat хizmatchisi ishga qabul qilinganidan soʻng uch oy ichida oʻquv kursidan oʻtadi. Davlat хizmatchilari malakasini oshirishning davriyligi har uch yilda kamida bir martani tashkil etadi.

 

M.SODIQOVA,

Tuproqqal’a tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.

 

25-09-2024, 01:08
Saytga qaytish