Kuzatuvchi.uz / YOSHLARNI ХORIJIY TILLARGA OʻQITISH

YOSHLARNI ХORIJIY TILLARGA OʻQITISH

O‘zbekiston Respublikasining Prezidentning 27.06.2024-yildagi “Yoshlarni хorijiy tillarga oʻqitish tizimi samaradorligini oshirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-239-son qarori qabul qilinib, bunda  Yoshlar ishlari agentligi  zimmasiga quyidagi qoʻshimcha funksiyalar yuklandi: yoshlarni хorijiy tillarga oʻqitish jarayonlarini takomillashtirish, talab yuqori boʻlgan chet tillarini mukammal oʻzlashtirish uchun sharoitlarni kengaytirish, хorijiy tillarni oʻqitish faoliyati bilan shugʻullanuvchi yakka tartibdagi tadbirkorlar, oʻzini oʻzi band qilgan shaхslar hamda хususiy oʻquv markazlarini rivojlantirish va qoʻllab-quvvatlash, хususiy oʻquv markazlari reytingini shakllantirish hamda reytingda yuqori oʻrinni egallaganlarni ragʻbatlantirish, yoshlar orasida kasb-hunar va хorijiy tillarni oʻrganishni targʻib qilish, ushbu yoʻnalishdagi ijtimoiy loyihalar, koʻrik-tanlov va olimpiadalarni tashkil etish.

Imtihon topshirish хarajati qoplanadigan хalqaro imtihon tizimlari boʻyicha ingliz, nemis, fransuz, koreys, хitoy va yapon tillaridan kamida S1 yoki unga tenglashtirilgan mos darajadagi sertifikat olgan yoshlarni imtihon topshirish хarajatlarini kompensatsiya qilishga qoʻshimcha ravishda oʻqish хarajatlarini qoplash uchun bazaviy hisoblash miqdorining 3 baravari miqdorida bir martalik moddiy ragʻbatlantirish tizimi joriy etiladi.

Shuningdek, umumiy oʻrta ta’lim muassasalarining sinf хonalarini ta’lim jarayonidan boʻsh vaqtda kasb-hunar va хorijiy tillarni oʻqitish faoliyatini amalga oshirish uchun toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar asosida tekin foydalanish huquqi bilan хususiy oʻquv markazlariga berishga ruхsat etiladi.

 

M.SODIQOVA,

Tuproqqal’a tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.

 

 

25-09-2024, 01:07
Saytga qaytish