Kuzatuvchi.uz / JAMOAVIY MEHNAT NIZOLARINI TARTIBGA SOLISH BO‘YICHA DAVLAT ORGANLARI

JAMOAVIY MEHNAT NIZOLARINI TARTIBGA SOLISH BO‘YICHA DAVLAT ORGANLARI

O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamda viloyatlar va Toshkent shahar bandlik bosh boshqarmalari jamoaviy mehnat nizolarini tartibga solish bo‘yicha davlat organlaridir. Ish beruvchi jamoaviy mehnat nizosi boshlangan paytdan e’tiboran keyingi ish kunidan kechiktirmay jamoaviy mehnat nizolarini tartibga solish bo‘yicha davlat organini tashkilotda nizo yuzaga kelganligi haqida yozma yoki elektron shaklda xabardor qiladi. Mehnat kodeksining 577-moddasiga asosan, O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi: ijtimoiy sheriklikning tarmoq va respublika darajasida yuzaga keladigan jamoaviy mehnat nizolarining hisobini yuritadi, jamoaviy mehnat nizolarini tartibga solishga ko‘maklashadi, mehnat arbitrlarini hisobga olish bo‘yicha ma’lumotlar bazasini yuritadi, mehnat arbitrlarini tayyorlashni tashkil etadi, jamoaviy mehnat nizosini mehnat arbitrajida ko‘rib chiqishga doir ishlarni tashkil etish to‘g‘risidagi tavsiyalarni tasdiqlaydi, deb ko‘rsatilgan.

Jamoaviy mehnat nizolarini tartibga solish bo‘yicha davlat organlari jamoaviy mehnat nizolarini tartibga solishga doir ishlarni tashkil etish chog‘ida xodimlar va ish beruvchilarning vakillari bilan hamkorlik qiladi.

 

M.SODIQOVA,

Tuproqqal’a tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.

25-09-2024, 00:52
Saytga qaytish