Kuzatuvchi.uz / XODIMNI MASOFADAN TURIB ISHLASHNI RASMIYLASHTIRISH

XODIMNI MASOFADAN TURIB ISHLASHNI RASMIYLASHTIRISH

Xodimni masofadan turib ishlashga qabul qilish va o‘tkazish ish beruvchining buyrug‘i bilan rasmiylashtiriladi. Mehnat kodeksining 457-moddasiga asosan, masofadan turib ishlash to‘g‘risidagi mehnat shartnomasi xodimni masofadan turib ishlashga nomuayyan muddatga yoki muddatli mehnat shartnomasiga ko‘ra qabul qilish haqidagi ish beruvchining buyrug‘i e’lon qilinishi uchun asos bo‘lishi belgilangan. Masofadan turib ishlovchi xodim bilan muddatli mehnat shartnomasini tuzishga yo‘l qo‘yiladi. Mehnat shartnomasiga doir qo‘shimcha kelishuv doimiy ravishda masofadan turib ishlashga o‘tish to‘g‘risida buyruqni e’lon qilish uchun asos bo‘ladi.

Xodimning vaqtincha masofadan turib ishlashga o‘tishi haqida buyruqni e’lon qilish uchun xodimning masofadan turib ishlashga o‘tishga va ishni masofadan turib bajarish rejimi shartlariga roziligini aks ettiradigan arizasi asos bo‘ladi.

 

M.SODIQOVA,

Tuproqqal’a tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.

 

25-09-2024, 00:49
Saytga qaytish