Kuzatuvchi.uz / DAVLAT EHTIYOJLARI UCHUN YER AJRATISH TARTIBI

DAVLAT EHTIYOJLARI UCHUN YER AJRATISH TARTIBI

«YERELEKTRON» avtomatlashtirilgan axborot tizimi — yer uchastkalarini berish bo‘yicha materiallarni to‘plash, ko‘rib chiqish va unga kiritilgan vakolatli organlar hamda tashkilotlar bilan kelishish tartib-taomillarini amalga oshirish uchun avtomatlashtirilgan axborot tizimi hisoblanib, jamoat ehtiyojlari uchun yer uchastkasi ajratish bo‘yicha materiallar O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasi hududiy boshqarmasi tomonidan tayyorlanadi. 

Yer uchastkasini ajratish haqidagi hujjatlar yig‘majildiga quyidagilar ilova qilinadi:

Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bosh boshqarmasining ijobiy xulosasi, Kengashning kelishuvi va vakolatli tashkilotlarning ijobiy xulosalari va kelishuvlari olingandan keyin Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimi 2 kun davomida yer uchastkasini jamoat ehtiyojlari uchun ajratish haqida mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining qarorlarini ishlab chiqish, kelishish va ro‘yxatdan o‘tkazishning yagona elektron — «E-qaror» tizimi orqali qaror qabul qiladi.

M.SODIQOVA,

Tuproqqal’a tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.

25-09-2024, 00:36
Saytga qaytish