Kuzatuvchi.uz / KAMBAGʻALLIKNI QISQARTIRISH VA AHOLINI IJTIMOIY HIMOYA QILISH SOHASIDA

KAMBAGʻALLIKNI QISQARTIRISH VA AHOLINI IJTIMOIY HIMOYA QILISH SOHASIDA

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentning 2024-yil 11-sentyabrdagi “Kambagʻallikni qisqartirish va aholini ijtimoiy himoya qilish sohasidagi qonunchilikka rioya etilishi va uning ijrosi ustidan nazoratni kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-136-son Farmoni qabul qilindi. Farmonga asosan,  kambagʻallikni qisqartirish va aholini ijtimoiy himoya qilish sohasidagi qonunchilikka rioya etilishi va uning ijrosi ustidan nazoratga mas’ul boʻlgan Bosh prokuror oʻrinbosari lavozimi kiritilmoqda. Shuningdek, Ijtimoiy himoya milliy agentligining shtat birliklarini maqbullashtirish hisobidan Bosh prokuraturaning tuzilmasida 7 ta shtat birligidan iborat Kambagʻallikni qisqartirish va aholini ijtimoiy himoya qilish sohasida qonunchilik ustidan nazorat boshqarmasi tashkil etilishi belgilangan.                                                                

Yangi kiritilayotgan Bosh prokuror oʻrinbosari zimmasiga quyidagi vazifalar yuklatiladi:har haftada kamida bitta tuman(shahar)ga borib, kambagʻal oilalarni reyestrga kiritish va chiqarishning haqqoniyligini oʻrganish, kambagʻal oilalarga berilayotgan mablagʻlar egasiga manzilli yetib borishini nazorat qilish, kambagʻallikni qisqartirish va aholini ijtimoiy himoya qilish sohasida zimmasiga yuklatilgan vazifalarni lozim darajada bajarmagan mas’ullarga nisbatan qonun ustuvorligi va jazo muqarrarligini ta’minlash, ijtimoiy himoya va kambagʻallikni qisqartirish sohasida qabul qilinayotgan qonunlar talablari, Prezidentning Farmon va qarorlarida belgilangan topshiriqlar ijrosini nazorat qilish. 

 

M.SODIQOVA,

Tuproqqala tumani yuridik xizmat korsatish markazi bosh yuriskonsulti.

 

25-09-2024, 00:22
Saytga qaytish