O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 6-avgustdagi 486-son "Mahallalarda aholi muammolarini aniqlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi qarori qabul qilindi.
2024-yil 1-oktyabrdan boshlab fuqarolarning ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini aniqlash va hal qilish bilan "Mahalla yettiligi" vakillari yagona soʻrovnoma asosida shugʻullanadi. U "Raqamli mahalla" platformasida joylashtiriladi. "Mahalla yettiligi" foydalanayotgan mavjud elektron platformalar "Raqamli mahalla" platformasi bilan integratsiya qilinadi.
Hujjat bilan Yagona soʻrovnoma asosida fuqarolarning ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini aniqlash va hal qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi. U quyidagilarni belgilaydi:
yagona soʻrovnoma asosida aholining ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini aniqlash va bartaraf etish boʻyicha mas’ul davlat organlari va tashkilotlarning majburiyatlari;
soʻrovlarni oʻtkazish bosqichlari va usullari;
"mahalla yettiligi" reytingini yuritish va "Raqamli mahalla" platformasida ishlash tartiblari.
Fuqarolar muammolarini yagona soʻrovnoma yordamida oʻrganish quyidagi hollarda tashkil etiladi:
fuqaroning murojaati asosida;
"eshikma-eshik" yurish natijalari boʻyicha;
boshqa fuqarolarning shaхsning ijtimoiy-iqtisodiy yordam (хizmat)ga ehtiyoji toʻgʻrisida хabar berishi
Tursunboy URAZBAYEV,
Tuproqqal’a tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.