Kuzatuvchi.uz / XODIMGA 10 KUNLIK MEHNAT TA’TILINI TAQDIM QILIB, QOLGAN KUNLARNI ESA PULLIK KOMPENSATSIYA BILAN YOPISH MUMKINMI?

XODIMGA 10 KUNLIK MEHNAT TA’TILINI TAQDIM QILIB, QOLGAN KUNLARNI ESA PULLIK KOMPENSATSIYA BILAN YOPISH MUMKINMI?

Mehnat munosabatlari davrida siz хodimga quyidagi hollarda mehnat ta’tilining foydalanilmagan qismi uchun pullik kompensatsiya toʻlashingiz mumkin:

1) faqat хodimning хohishiga koʻra;

2) faqat mehnat ta’tili davomiyligining eng kam (yigirma bir kalendar kun) kunlari uchun.

Yangi MKga muvofiq ta’tilni qismlarga boʻlishda ta’tilning bir qismi oʻn toʻrt kalendar kundan kam boʻlmasligi kerakligini e’tiborga oling.

Koʻrib chiqilayotgan vaziyatda:

1) agar хodimning ta’tili atigi 21 kalendar kunni tashkil etsa, uning qandaydir qismini pul bilan kompensatsiya qilish mumkin emas;

2) agar хodimning ta’tili 22 kalendar kun yoki undan koʻproqni tashkil qilsa, faqat 21 kundan ortiq qismi kompensatsiya qilinishi mumkin:

ta’til – 22 kun, 1 kun kompensatsiya qilinishi mumkin;

ta’til – 23 kun, 2 kun kompensatsiya qilinishi mumkin va hokazo;

3)  21 kalendar kundan siz albatta 14 kunni ta’tilning bir qismi sifatida berishingiz kerak. Tegishincha, ta’tilning qolgan qismi quyidagilardan tashkil topadi:

agar ta’til 21 kunni tashkil qilsa – 7 kun;

agar ta’til – 22 kun boʻlsa – 8 kun;

agar ta’til – 23 kun boʻlsa – 9 kun;

va faqat ta’til – 24 kun boʻlsa – 10 kun.

 

Tursunboy URAZBAYEV,

Tuproqqal’a tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.

24-09-2024, 00:27
Saytga qaytish