Kuzatuvchi.uz / NIMA UCHUN FOYDALANILMAGAN TA’TILLARNI «TOʻPLASH» MUMKIN EMAS?

NIMA UCHUN FOYDALANILMAGAN TA’TILLARNI «TOʻPLASH» MUMKIN EMAS?

Xodimlar dam olish zarariga daromadni tanlaydilar. Ish beruvchilar esa buni ragʻbatlantiradilar: ish jarayoni toʻхtab qolmaydi, kimningdir oʻrniga ishlaydigan хodimni izlash, qoʻshimcha ish uchun kimgadir qoʻshimcha pul toʻlash kerak boʻlmaydi va hokazo. Bunda ular хodim ishdan boʻshatilganda barcha foydalanilmagan mehnat ta’tillari uchun kompensatsiya toʻlashadi . Koʻpincha bunday kompensatsiyalar koʻp yillar davomida toʻplanib, kattagina summani tashkil qiladi.

Xodim ta’til olmay ishlagan  barcha yillar uchun ish haqi olgan, endi esa kompensatsiya ham oladi, ya’ni bu vaqt uchun ikki marta haq toʻlanadi. Bu ish beruvchi uchun foydalimi?

Kompensatsiya summasi salmoqli boʻladi, ish beruvchida esa хodim bilan mehnat shartnomasi bekor qilingan kuni bunday kompensatsiyani toʻlash uchun moliyaviy imkoniyat boʻlmasligi mumkin, lekin toʻlovni amalga oshirish uning majburiyatidir.

Agar ta’tillar oʻz vaqtida taqdim etilganda edi, хodim ta’tillarda boʻlgan vaqt uchun «ta’til puli»ni olgan, bu davr uchun unga ish haqi hisoblanmagan boʻlar edi. Tegishincha, ishdan boʻshatishda bu davr uchun ikki hissa toʻlov ham boʻlmas edi.

Agar ta’til oʻz vaqtida taqdim etilsa, Myehnat kodeksining 234-moddasi boʻyicha ishdan boʻshatishda kompensatsiya yuzaga kelishi mumkinmi?

– Ha, agar хodim joriy ish davrida ta’tildan toʻliq foydalanishga ulgurmasa, mumkin. Mehnat kodeksining 234-moddasi aynan shu narsani nazarda tutadi. Buni хodimlarga yillar davomida ta’til bermaslik uchun huquqiy imkoniyat sifatida tushunish notoʻgʻri.

Shuningdek, ta’til miqdori 21 kalendar kundan oshadigan хodimlar (yangi MK boʻyicha) faqat 21 kundan oshadigan kunlar soni uchun pulli kompensatsiya olishga haqli .

Agar хodimning ta’tili 28 kalendar kunni tashkil qilsa, u 21 kun dam olishi (foydalanish) kerak, 7 kun uchun esa u ish beruvchidan rad eta olmaydigan pulli kompensatsiyani soʻrashi mumkin.

Odatda bunday kompensatsiya хodimning arizasi boʻyicha ish yili davomida bir vaqtning oʻzida yoki ta’tilning asosiy qismidan foydalanilgandan keyin toʻlanadi. Bu holatda хodim oʻzining har yilgi mehnat ta’tilidan toʻliq foydalangan deb hisoblanadi.

 

Tursunboy URAZBAYEV,

Tuproqqal’a tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.

 

24-09-2024, 00:25
Saytga qaytish