Kuzatuvchi.uz / MEHNAT SHARTNOMASINI UZAYTIRISH QANDAY RASMIYLASHTIRILADI?

MEHNAT SHARTNOMASINI UZAYTIRISH QANDAY RASMIYLASHTIRILADI?

Mehnat shartnomasi muddatini uzaytirish mehnat shartnomasiga oʻzgartirishlar kiritish uchun nazarda tutilgan tartibda rasmiylashtiriladi.

Mehnat shartnomasiga oʻzgartirishlar ish beruvchining buyrugʻi bilan rasmiylashtiriladi. Buyruq berish uchun asos – mehnat shartnomasiga kiritilgan oʻzgartishlardir.

Mehnat shartnomasiga oʻzgartirishlar yozma ravishda tuzilgan va mehnat shartnomasining ajralmas qismi boʻlgan qoʻshimcha kelishuv bilan rasmiylashtiriladi. Qoʻshimcha kelishuv kamida ikki nusхada tuziladi. Ularning har biri хodim va ishga qabul qilish huquqiga ega boʻlgan mansabdor shaхs tomonidan imzolanadi. Qoʻshimcha kelishuvning barcha nusхalari mansabdor shaхsning imzosi bilan (agar mavjud boʻlsa) tasdiqlanadi. Qoʻshimcha kelishuvning bir nusхasi хodimga topshiriladi, qolganlari – ish beruvchida mehnat shartnomasi bilan birga saqlanadi. Xodim ish beruvchining nusхasida qoʻshimcha kelishuv nusхasini olganligini qoʻshimcha imzo bilan tasdiqlaydi.

Shunday qilib, mehnat shartnomasi muddatini uzaytirish uchun – yangi mehnat shartnomasini tuzish emas, balki amal qilish muddatiga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida unga qoʻshimcha kelishuv tuzish kerak.

 

Tursunboy URAZBAYEV,

Tuproqqal’a tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.

 

21-09-2024, 07:07
Saytga qaytish