Kuzatuvchi.uz / INTELLEKTUAL MULK: ZARARLARNI QOPLASH OʻRNIGA – KOMPENSATSIYA

INTELLEKTUAL MULK: ZARARLARNI QOPLASH OʻRNIGA – KOMPENSATSIYA

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 10.09.2024-yildagi “Intellektual mulk ob’yektlarini huquqiy himoya qilish tizimi yanada takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida”gi OʻRQ-959-son Qonun imzolandi.

Qonunchilikka intellektual mulk ob’yektlaridan qonunga хilof ravishda foydalanganlik uchun huquq egasining talabiga koʻra huquqbuzar tomonidan zararlarning qoplanishi oʻrniga tovon toʻlanishi tartib-taomili joriy etilishini belgilovchi oʻzgartirishlar kiritilmoqda.

Tegishli oʻzgartirishlar:

Patent egasi zararlarning qoplanishi oʻrniga BHMning 20 baravaridan 1000 baravarigacha miqdorda tovon toʻlanishini talab qilishi mumkin. Bunda tovon zararlar yetkazilishi faktidan qat’i nazar, toʻlanadi.


Urganch shahar adliya bo‘limi yuridik xizmat ko‘rsatish markazi.

 

20-09-2024, 07:17
Saytga qaytish