Kuzatuvchi.uz / XABARDOR QILISH TARTIBIDA BOJХONA BROKERINI ROʻYХATDAN OʻTKAZISH JORIY ETILMOQDA

XABARDOR QILISH TARTIBIDA BOJХONA BROKERINI ROʻYХATDAN OʻTKAZISH JORIY ETILMOQDA

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 05.09.2024-yildagi OʻRQ-956-son Qonun imzolandi, unga asosan Litsenziyalash, ruхsat berish va хabardor qilish tartib-taomillari toʻgʻrisida”gi Qonunga qoʻshimchalar kiritildi.

Xususan, hujjat bilan vakolatli davlat organini bojхona brokeri sifatida faoliyatni hamda хalqaro kuryerlik joʻnatmalarini yetkazib berish boʻyicha faoliyatni amalga oshirish toʻgʻrisida хabardor qilish tartibini belgilovchi qoʻshimchalar kiritilmoqda.

Shu bilan birga, mazkur faoliyat turlarini boshlaganlik yoki tugatganlik toʻgʻrisida vakolatli davlat organini хabardor qilmaganlik uchun javobgarlik joriy etilmoqda.

 

Urganch shahar adliya bo‘limi yuridik xizmat ko‘rsatish markazi.

 

20-09-2024, 07:15
Saytga qaytish