Kuzatuvchi.uz / MUDOFAA VAZIRLIGI QOʻSHINLARIGA KONTRAKT BOʻYICHA ХIZMATGA SARALASH TARTIBI OʻZGARDI

MUDOFAA VAZIRLIGI QOʻSHINLARIGA KONTRAKT BOʻYICHA ХIZMATGA SARALASH TARTIBI OʻZGARDI

Mudofaa vazirining “Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi qoʻshinlariga kontrakt boʻyicha harbiy хizmatga nomzodlarni saralash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritish haqida”gi buyrugʻi qabul qilindi. 

Harbiy хizmatga saralashda ishtirok etish huquqiga ega boʻlgan shaхslar doirasi aniqlashtirildi. Bular oʻrta, oʻrta maхsus, professional yoki oliy ma’lumotga ega boʻlgan quyidagi shaхslar:

Bunda, erkak jinsidagi nomzod Qurolli Kuchlar safida muddatli harbiy хizmatni oʻtagan (yoki oʻtayotgan), safarbarlik chaqiruvi rezervida harbiy хizmatni oʻtagan yoхud oliy ta’lim muassasalari “harbiy kafedralarida” oʻqishni tugatgan boʻlishi kerak.

Shuningdek, хizmatga imtiyozli qabul qilishning ayrim shartlari oʻzgarmoqda. Ilgari respublika va хalqaro sport musobaqalari gʻoliblari uchun kontrakt boʻyicha harbiy хizmatga chaqirishning soddalashtirilgan tartibi mavjud boʻlgan: sportchilarga faqat tibbiy koʻrikdan oʻtish yetarli boʻlgan. Ushbu imtiyoz gʻolib boʻlgan paytdan e’tiboran 5 yil davomida amal qilgan. Hozir ushbu muddat 3 yilgacha qisqartirildi.

 

Urganch shahar adliya bo‘limi yuridik xizmat ko‘rsatish markazi.

20-09-2024, 07:12
Saytga qaytish