Kuzatuvchi.uz / “OʻZBEKISTON RESPUBLIKASIDA ХIZMAT KOʻRSATGAN TADBIRKOR” UNVONI TA’SIS ETILDI

“OʻZBEKISTON RESPUBLIKASIDA ХIZMAT KOʻRSATGAN TADBIRKOR” UNVONI TA’SIS ETILDI

2024-yil 30-avgustdagi OʻRQ-952-son Qonun bilan “Oʻzbekiston Respublikasida хizmat koʻrsatgan tadbirkor” faхriy unvoni ta’sis etildi.

Hujjat bilan “Davlat mukofotlari toʻgʻrisida”gi va “Oʻzbekiston Respublikasining faхriy unvonlarini ta’sis etish toʻgʻrisida”i qonunlarga qoʻshimchalar va oʻzgartirishlar kiritilmoqda.

“Oʻzbekiston Respublikasida хizmat koʻrsatgan tadbirkor” unvoni biznesning yangi, yuqori daromadli yoʻnalishlarini yoʻlga qoʻygan, iqtisodiyotni rivojlantirish hamda aholi farovonligini yuksaltirish, zamonaviy ishlab chiqarish quvvatlarini barpo etish, eksport salohiyatini oshirish, yangi ish oʻrinlarini yaratish va boshqalarda munosib hissa qoʻshib kelayotgan ilgʻor va tashabbuskor tadbirkorlik sub’yektlari rahbarlariga va ta’sischilariga beriladi.

 

Urganch shahar adliya bo‘limi yuridik xizmat ko‘rsatish markazi.

 

20-09-2024, 07:06
Saytga qaytish